
2030 yilda boʻlib oʻtadigan Osiyo oʻyinlariga Oʻzbekiston mezbonlik qilish uchun ariza topshiradi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Toshkent va Samarqand musobaqalarga mezbonlik qiluvchi shaharlar sifatida koʻrsatiladi. Shu maqsadda mart oyida Olimpiya oʻyinlarini tashkil qilishga masʼul boʻlgan Xalqaro olimpiya qoʻmitasi mutaxassislari Oʻzbekistonga tashrif buyuradi. Ular Toshkentdagi va Samarqandda xalqaro musobaqalarga moʻljallangan arenalarni koʻzdan kechirishi va tegishli tavsiyalar berishi kutilmoqda.
Rejaga Toshkent musobaqaning asosiy markazi boʻlishi kutilmoqda. Sportning asosiy turlari aynan poytaxtda boʻlib oʻtishi koʻzda tutilgan. Samarqandda asosan suv sporti (akademik eshkak eshish, baydarka va kanoe, triatlon va b.) musobaqalari boʻlib oʻtishi rejalashtirilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, oldinroq, Osiyo oʻyinlarini oʻzida qabul qilish uchun ochilish marosimi va bir necha sport turlari boʻyicha musobaqalarni tashkil qilish maqsadida Toshkentda yangi olimpiya stadioni qurilishi haqida xabar berilgandi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston 2030 yilgi Osiyo oʻyinlari mezbonligini qoʻlga kiritsa, milliy sport turi boʻlgan belbogʻli kurash ham Osiyo oʻyinlari dasturiga kiritilishi ham rejalashtirilgan.

Dolzarb xabarlar
-
Ravshan Ermatov OʻFA birinchi vitse-prezidenti lavozimiga saylanadi
FIFA referisi Ravshan Ermatov OʻFA birinchi vitse-prezidenti lavozimida ish boshlaydi. Bu haqda GoSport.uz ishonchli...
By okya -
Muxlislar nega aldandi? Shohjahon Ergashevning profi-boksdagi gʻalati qadamlari haqida
Oldinga oʻtib bir narsani aytib oʻtay bu maqolani yozishdan koʻra, yozmaslikka koʻproq harakat qilgandim....
By okya -
IBF yangilangan reytingida oʻzbekistonlik bokschilarning oʻrinlari maʼlum boʻldi
Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) professional bokschilarning may oyi uchun yangilangan reytingini eʼlon qildi. Bu...
By okya