Tennis

Davis cup. Denis Istomin ham magʻlubiyatga uchradi

Tennis boʻyicha Devis kubogi musobaqalarining pley-off bosqichida Oʻzbekiston terma jamoasi Serbiyaga qarshi ikkinchi uchrashuvda ham magʻlubiyatga uchradi.

Oʻzbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin serbiyalik Filip Krayinovichga qarshi kortga chiqib, 1 soat, 1 daqiqa davom etgan bahsda 2:6, 4:6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qoʻydi.

Oldinroq, Sanjar Fayziyev Dushan Layovichga qarshi kortga chiqib, magʻlubiyat alamini tatib koʻrgandi. Natijada oʻyindagi hisob Serbiya foydasiga 2:0 koʻrinishiga keldi.

Ertaga juftlik bahslari oʻtkaziladi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid