Tennis

Davis Cup. Oʻzbekiston – Serbiyaga qarshi uchrashuvni magʻlubiyat bilan boshladi

Tennis boʻyicha terma jamoalar oʻrtasidagi eng nufuzli turnir sanalgan “Devis Kubogi“ning pley-off bosqichi doirasida Oʻzbekiston va Serbiya terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv boshlandi.

Mazkur qarama-qarshilikning dastlabki toʻqnashuvi oʻzbekistonlik Sanjar Fayziyev hamda raqiblarning birinchi raqamli tennischisi Dushan Layovich oʻrtasida boʻlib oʻtdi. 1 soat 31 daqiqa davom etgan oʻyinda Layovich 7:6, 6:3 hisoblarida gʻalaba qozondi va terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston – Serbiya qarama qarshiligida Cerbiya terma jamoasi hisobda oldinga chiqib oldi.

Bugun shuningdek, Denis Istomin – Filip Krayinovich uchrashuvi boʻlib oʻtadi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid