Tennis

Istomin New York Open turnirini gʻalaba bilan boshladi

Oʻzbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin AQSHning Nyu-York shahri mezbonlik qilayotgan New York Open ATP turnirini muvaffaqiyatli boshladi.

Oʻzbekistonlik sportchi turnirning birinchi davrasida mezbon, amerikalik Makkenzi Makdonald (ATP reytingida 82-oʻrin) ustidan irodali gʻalabaga erishdi.

1soat, 39 daqiqa davom etgan uchrashuvda Denis avvaliga birinchi setni 4:6 hisobida boy bergan boʻlsada, keyingi ikki setda 6:2, 6:3 hisobida gʻalaba qozonib, keyingi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

ATP reytingida 106-oʻrinda borayotgan Istomin endi ikkinchi davra bahslarida boshqa bir amerikalik tennischi Reyli Opelkaga qarshi kortga chiqadi. ATP reytingida 89-oʻrinda borayotgan Opelka birinchi davrada turnirning beshinchi raketkasi fransiyalik Adrian Mannarinoni uch set natijalariga koʻra magʻlub etgandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid