Tennis

Oʻzbekistonlik tennischi Qatardagi turnirni gʻalaba bilan boshladi

Oʻzbekistonning tennischi Sabina Sharipova Qatar poytaxti Doha mezbonlik qilayotgan “Qatar Total Open” WTA turnirini muvaffaqiyatli boshladi.

Sovrin jamgʻarmasi 916 131 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnirining saralash bahslarida Sabina amerikalik Ebigeyl Spirsga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 8 daqiqa davom etgan oʻyinda Sabina raqibini 6:2, 6:4 hisoblarida magʻlub etdi va saralashning ikkinchi davrasiga chiqdi.

Endi Sharipov navbatdagi uchrashuvini sloveniyalik Polona Hersogga qarshi oʻtkazadi. Hersog musobaqa saralash bosqichining yettinchi tartib raqamli tennischisi sanaladi. Uchrashuv 10 fevral kuni boʻlib oʻtadi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid