Biatlon

Jahon kubogining Kanada bosqichida norvegiyaliklar tengsiz boʻlishdi

Biatlon boʻyicha Jahon kubogining navbatdagi bosqich bahslari Kanadaning Kenmor shahrida boʻlib oʻtmoqda. 7 fevral kuni erkaklar va ayollar individual poyga musobaqalarida bahslashishdi.

Kanadadagi sovuq ob-havo tufayli individual poygalar tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi. Unga koʻra, erkaklar odatdagidek 20 km masofaga emas, 15 km, ayollar esa 15 km emas, balki 12,,5 km masofada musobaqalashishdi. Shuningdek, oʻq otishda bitta xato uchun 1 daqiqa emas, 45 soniyadan jarima daqiqalari yozildi.

Erkaklar oʻrtasida norvegiyalik umumiy reyting yetakchisi Yohannes Byo toʻrtta oʻq otishda ham birorta xatoga yoʻl qoʻymay, masofani 35 daqiqa 27,9 soniyada bosib oʻtgan holda birinchi oʻrinni egalladi. Ikkinchi oʻrinni ham norvegiyalik Vetle Shyostad Kristiansen (2ta xato) egalladi. U Byodan 2 daqiqa, 10,2 soniya ortda qoldi. Uchinchi oʻrinni rossiyalik Aleksandr Loginov (2ta xato, +2 daqiqa, 41 soniya) band etdi.

Bu gʻalaba Yohannesning mavsumdagi 12 gʻalabasi boʻldi. Barcha davrlarda jami boʻlib norvegiyalik sportchi oʻzining 34-zafarini tantana qildi.

Ayollar oʻrtasida norvegiyalik Tiril Ekhoff 36 daqiqa, 32,9 soniya natija (1ta xato) birinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, chexiyalik Marketa Davidova (bexato, +9,8 soniya) ikkinchi, italiyalik Liza Vitossi (bexato, +20,9 soniya) esa uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid