
8 fevral kuni hokkey boʻyicha Oʻzbekiston birinchi chempionati boshlanadi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi GoSport.uz internet-nashriga maʼlum qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba oʻtkazilayotgan ushbu musobaqada “Binokor”, “Humo”, “Semurgʻ” va “Toshkent” jamoalari ishtirok etishadi. Oʻyinlar “Ice City” muz arenasida tashkil qilinadi. Ikki oy davom etadigan chempionat doirasida 24 ta uchrashuv boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Chempionat toʻliqligicha Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi.
8 fevral kuni “Toshkent” hamda “Binokor” jamoalari oʻrtasidagi oʻyin bilan Oʻzbekiston I chempionati start oladi. Ushbu bahsdan soʻng muzga “Humo” hamda “Semurgʻ” jamoalari chiqib kelishadi. Ochilish marosimi soat 18:00 da boshlanadi.
Muntazam chempionat 17 mart kuni yakunlanadi. 20 martdan boshlab esa ikki raunddan iborat pley-off bahslari boshlanadi. Unda oʻyinlar uchta gʻalabagacha oʻtkaziladi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston hokkey federatsiyasi 2018 yilning 28 mart kuni tashkil topgan. Federatsiya aynan shu kuni Adliya vazirligining davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

Dolzarb xabarlar
-
PFL direktori ishdan ketganini tasdiqladi va hammadan uzr soʻradi
Oʻzbekiston Professional futbol ligasi direktori Omon Gʻofurov boshqa ishga oʻtayotganligi munosabati bilan ishdan boʻshash...
By okya -
Ravshan Ermatov OʻFA birinchi vitse-prezidenti lavozimiga saylanadi
FIFA referisi Ravshan Ermatov OʻFA birinchi vitse-prezidenti lavozimida ish boshlaydi. Bu haqda GoSport.uz ishonchli...
By okya -
Muxlislar nega aldandi? Shohjahon Ergashevning profi-boksdagi gʻalati qadamlari haqida
Oldinga oʻtib bir narsani aytib oʻtay bu maqolani yozishdan koʻra, yozmaslikka koʻproq harakat qilgandim....
By okya